“Thinkera” savdo belgisi keramik plitkalarning yangi modelini taqdim qildi

Uyimizda, ofis yoki kvartirada ta`mir ishlarini olib bora turib, har birimiz albatta santexnika jihozlari va pardozlash materiallarini tanlashda bir muammoga duch kelamiz. Bozorning turli tuman qurilish materiallarini taklif qilishi bizning to’g’ri tanlovni amalga oshirimizni birmuncha qiyinlashtiradi. Buning uchun bir talay omillar va farqlarni inobatga olishimiz zarur bo’ladi. Axir O’zbekistonda keramik plitkalarning katta assortimenti mavjud, sizga esa aynan nima talab qilinadi?

Albatta, keramik plitka ko’pchilikning sevimli materiali: chiroyli, mustahkam, uni parvarish qilish va qo’llashda yengil.

“Moderna Ceramic Industries Ferghana” O’zbek-Xitoy qo’shma korxonasida ishlab chiqarilgan yuvinish xonasi uchun mo’ljallangan Thikera savdo markasi plitkalari sizning yuvinish sanuzel xonalaringiz devor hamda pollarini qoplashda juda qulay keladi. Yuqori sifatli xom ashyodan Italiyaning “SACMI” uskunalarida tayyorlangan Thikera plitkalari uzoq yillarga mustahkamlikni kafolatlaydi, shuningdek sizni o’z tashqi ko’rinishi bilan hushnud etadi. Chunki korxona yuqori malakali dizaynerlarni ishga jalb qilgan.

Thikera (№ 6029) brendi keramik plitkalarining so’ngi modellaridan biri moviy ranglarning nozik farqini ifodalovchi mayda kubiklarning dioganal joylashuvining yuqori sifatli ko’rinishida taqdim etilgan. Plitka xonangizni keng ko’rsatadi. Shuningdek sizni yoqimli daqiqalar maftunkorligidan lazzatlanishga majbur qiladi. Batafsil…

Yangiliklarga qaytish