Korxona Xitoy bilan birgalikda o’z faoliyatini O’zbekistonda boshladi

“Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ QK o’z faoliyatini O’zbekistonda rasmiy ravishda 2015 yil noyabridan boshladi va 260 kishini zavodda ish bilan ta`minladi. Ulardan 25 nafari kompaniya ofisining xodimlari hisoblanadi.

Bugungi kunda Farg’ona shahridagi zavodda uchta Tovar belgisi ostida keramik plitkalar ishlab chiqarilayapti. Bular — “ModernaKerama”, “Belissimo” va “Thinkera”. Ishlab chiqarish bir necha o’n yillardan beri keramik soxasidagi barcha innovatsiyalar yo’lboshchisi bo’lib kelayotgan Italiyaning “SACMI” etakchi mashinasozlik kompaniyasining zamonaviy uskunalari bilan to’liq jihozlangan. Barcha maxsulotlar yuqori sifatli xom ashyodan tayyorlanadi va xalqaro standartlarga mosdir.

Korxonaning maqsadi — xaridorlarga zamonaviy dizayndagi keramik plitkalarning sifatli kolleksiyasining keng tanlovini taqdim qiladi. Ishlab chiqarilayotgan plitkalarning assortimenti har xil dizayn va stillarda, jumladan Retro stilida, jumboqli sharqona, go’zal antiq, arabcha jozibali, taniqli art deko, zamonaviy va boshqa stillarda.“Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ QKning 2015 yil oktyabrida tashkil topgan kunidan hozirga qadar texnik rivojlanish dinamikasi kuzatilmoqda.

Bugungi kunda korxona ikki turdagi keramik plitkalar ishlab chiqarmoqda: 30×30 hajmdagi polga mo’ljallangan va 20×30 hajmdagi devor sirti uchun.

Ishlab chiqarishning har bir bosqichida qadoqlash va yuklashni o’z ichiga olgan nazorat operatsiyalari va o’lchovlar ko’zda tutilgan.Ular yo avtomatik ravishda, yo zavod laboratoriyasi tomonidan, yoki texnik nazorat bo’limi tomonidan amalga oshiriladi.

Hamisha ishlab chiqarishni kengaytirib va modernizatsiya qilib, ishlab chiqarish quvvatini oshirib, hamda yangi xodimlarni jalb qilib kelayotgan “Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ QK erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmoqchi emas. Korxonada har yili maxsulotlarning yangi turlari tayyorlanadi, ularning assortimenti kengaytiriladi va sifati oshirilib boriladi.

Yangiliklarga qaytish