Keramik plitkalarning noyob sifati

Keramik plitka  oshxona va sanuzel xonalari devor va pollarini pardozlashda eng afzal material, shuningdek o’zining noyob sifati tufayli devor yuza qismini bezashda eng keng tarqalgan usul hisoblanadi.

  • Yeyilmaslik– plitkaning tashqi ko’rinishini o’zgartirishga bardoshliligi, sodda qilib aytganda, uning yeyilishga chidamliligi. O’zining chidamliligi tufayli bunday plitkalar 50 yil davomida ilk qiyofasini yo’qotmagan holda ishlatiladi. Unday plitka mehanik ta’sirga chidamli. Uni maydalab bo’lmaydi.
  • Chidamlilik. Tayyorlash tehnologiyasiga to’g’ri rioya qilinsa va to’g’ri taxlansa, bunday plitka bir kvadrat metrda 30 tonna yukni ko’tara oladi. Bu esa beton mustahkamligidan 20 barobar ortiq deganidir.
  • Sovuqqa chidamlilik bu suvga to’yintirilgan keramik mahsulotlarning buzilmaslik va mustahkamligiga putur yetmaslik belgilarini saqlagan holda havoda ko’p martalab muzlatilishiga va suvda muzdan eritilishiga bardosh berish hislatidir.
  • Namga chidamlilik va gigienaga muvofiqlik. Keramik plitka nam, yog’, kimyoviy yuvish vositalaridan ta’sirlanmaydi, tashqi hidlarni o’ziga yuqtirmaydi, bakteriyalarning ko’payishiga yo’l qo’ymaydi. Bu esa uni parvarish qilishni juda ham osonlashtiradi.
  • Olovga chidamlilik. U yuqori haroratda yonmaydi. Yuqori issiq o’tqazuvchanligi tufayli iliq pollar taxlashda keng qo’llaniladi.
  • Ekologiyaga muvofiqlik va allergiya keltirib chiqarmaslik. Plitka loydan tayyorlanganligi tufayli o’zidan hech qanday zaharli moddalar chiqarmaydi va allergik reaksiyalar chaqirmaydi.
  • Plitka dizaynining xilma-xilligi. Plitkaning shakli, sifati, hajmi, hamda undagi keng ranglar majmuasi har qanday diddagi ichki bezak yaratish imkonini beradi.
  • Qulaylilik. Keramik plitka elektr toki o’tqazmaydi. Unda elektrostatik quvvat to’planmaydi. Shuning uchun unga deyarli chang yuqmaydi, u uzoq vaqt tozalik va tartibni saqlay oladi.

“Moderna Ceramic Industries Ferghana” qo’shma korxonasi oshxona, yuvinish xonasi va boshqa xonalar pol va devorlarini qoplash uchun keng turdagi keramik plitka taklif qiladi.

Bugungi kunda Farg’ona shahridagi zavodda “Moderna Kerama”, “Belissimo” va “Thinkera” kabi uch turdagi savdo markalarida keramik plitkalar ishlab chiqariladi.

Korxona erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmoqchi emas. U doimiy ravishda ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilish, uning quvvatini oshish, hamda yangi mutaxassislarni jalb qilishni davom ettiradi. Har yili korxonada mahsulotning yangi turlari ishlab chiqariladi, ularning turlari kengaytirilib, sifati oshirilib boriladi.

Yangiliklarga qaytish