Ishlab chiqarish
Keramik materiallar va maxsulotlar tuproq qorishmasidan shakl berish va keyinchalik kuydirish yo’li bilan olinadi. Keramik buyumlar o’zlarining fizik-mexanik xususiyatlari (namga va o’tga chidamliligi, suv o’tkazmasligi, yuqori bardoshliligi, hamda ko’pga chidashi ), gigiena qoidalariga muvofiqliligi, yuqori darajadagi bezak-badiiy sifati, tejamkorligi tufayli, shuningdek ularni tayyorlashda tabiiy xomashyolardan keng foydalanganligi tufayli, ular shaxsiy uy-joy, jamoat va sanoat bino-inshoatlarini qurishda keng qo’llaniladi.
Zavodimiz kafel plitkalarini tayyorlash quyidagi uskunalarda amalga oshiriladi:
Sharli tegirmon — xomashyoni qorishtirishga mo’ljallangan
Quritish apparati — sharli tegirmonda tayyorlangan tayyor suyuq xomashyoni quritishga mo’ljallangan
Press — kafelga shakl berish uchun
Pech — kafelni kuydirish yo’li bilan qattiq holatga keltirish
Glazur chiziq — glazur chiziq tayyorlash va chiziq yurg’izish uchun
3D printer — dizayn berish uchun
Ishlab chiqarish zarur xomashyo
Kafel plitkalarini tayyorlash uchun “Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ QK ishlab chiqarish jarayonida har birining o’ziga hos roli bo’lgan quyidagi materiallardan foydalanadi:
Kvarts qumi — kafel mustahkamligini ta`minlash va saqlanish muddatini cho’zish uchun
Qizil qum — kafelning asosiy xususiyati — uning o’ziga xosligini shakllantirish uchun
Sariq kaolin — kafelga shakl berish uchun asosiy material
Sir — maxsulotga perfektli sifat berish uchun mo’ljallangan qoplama
Fritt — asosiy yaltiroq hosil qilish uchun dizayn yaratish va kafel sirtiga yurg’izish uchun
Zavodimizda kafel plitkalari quyidagi bosqichlardan o’tadi:
Qorishmani tayyorlash
Tayyor suyuq xomashyoni quritish
Maxsulotga shakl berish
Kuydirishning I bosqichi
Sir yurg’zish
3D printer
Kuydirishning 2 bosqichi
Sifatni tekshirish
Qadoqlashga yuborish
Maxsulotni kuydirish va saralash
Yana bir eng muhim bosqich — bu kuydirish. Pechkaning yuqori harorati zarur kimyoviy reaksiyalarni keltirib chiqaradi, va uning natijasida plitkada jismoniy o’zgarishlar yuzaga keladi. Pechkada maxsulotlar tunnel bo’ylab harakatlanadi.
Pechkaning harorati farq qiladi.U 800-1200 darajadagi haroratda tebranadi. Ushbu holatda atrofdagi haroratning asta-sekin pasayishi o’ta muhim. Haroratning boshqa darajaga sekin o’tmasligi yoki uning keskin o’zgarishi maxsulotning shakli o’zgarib ketishi mumkin.
Saralash bosqichida maxsulot tekshiriladi. Bunda uning qalinligi, gabarit hajmi baholanadi, hamda, yoriq yoki nuqson bor-yo’qligi tekshiriladi. Shundan keyingina kafel maxsuloti qadoqlanadi va sotuvga jo’natiladi.