Bizning brendlarimiz

Biz haqimizda

Keramik plitalar Ishlab chiqarishga ixtisoslashgan“Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ QK zamonaviy korxonalardan sanalib, u keramik soxasi uchun uskuna ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi “SACMI” Italiya ishlab chiqaruvchisi ilg’or texnologiyalari bilan jihozlangan. Korxona, noyob innovatsion uslublarni qo’llay borib, hamisha texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarish sikllarini modernizatsiya qilib boradi. Bu esa nodir maxsulotlar ishlab chiqarishga olib kelayapti.

Biz har yili ishlab chiqarayotgan maxsulotlarimiz turlarini yangilay boramiz. Yangi kollektsiyalarning paydo bo’lishi “keramik moda” tendentsiyalarini sinchkovlik bilan o’rganish, eng yangi texnologiyalarni qo’llash tajribasi davomida ro’yobga chiqqan.

Bugun “Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan keramik plitalar barcha ko’rsatkichlar bo’yicha dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari maxsulotlaridan qolishmaydi. Ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar assortiment turlarining kengligi esa xaridorlarga dizayn bo’yicha eng nafis, zamonaviy, yuqori sifatli so’ngi modadagi maxsulotlarni, shuningdek ular uchun har xil narxlar toifalarini va keng qo’llanilish variantlarini taklif qilish imkonini beradi.

Oshxona uchun plitkalar

Oshxona fartuklari va, umuman oshxonaning o’ziga pardoz berishda keramik plitka eng afzal material hisoblanadi. Oshxona ta`mir ishlarida plitka tanlash muhimligi jihatidan ko’pincha mebel tanlashdan keyin ikkinchi o’rinda turadi.

Amaliy jihatdan yaxshi va uzoqqa chidaydigan keramik plitka issiqlik, namlik va kimyoviy vositalar ta`siridan qo’rqmaydi. Chiroyli dizayn ranlar bilan xonaning klassik ichki qiyofasini to’ldiradi va yangilaydi.

“Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ QKning katalogi assortimentidagi ranglar xilma-xilligi binoning har qanday ichki qiyofasiga uyg’unlashuvchi kafel sotib olish imkonini beradi: bir xil tusdagi pastellar yoki yorqin rangdagi panellar, koshinkor naqshli pannolar, jimjimador naqshli hoshiya va bezaklar. Dizayn nazokatini nafaqat chegaradosh ranglarning nozik majmuasi bilan, shuningdek ularning keskin qarama-qarshiligi bilan ham ajratish mumkin. Mutaxassislarimiz albatta oshxonangizda shinamlik shakllantirishda yordam beradi. Bu sizga, shubhasiz, ajoyib kayfiyat bahsh etadi!

Yuvinish xonasi uchun plitka

Keramik plitka yuvinish xonasi uchun eng ko’rkam va keng tarqalgan pardozlash materiali hisoblanadi.

Yuvinish xonasi uchun mo’ljallangan keramik plitka past darajada nam yutuvchi va  jips tuzilgan bo’lib,  o’z shaklini yo’qotmaydi, shuningdek oson yuviladi. Yuvinish xonasidagi polga mo’ljallangan plitka, odamning sirpanib yiqilishining oldini olish maqsadida yaltiramaydigan va bir oz bo’rttirib ishlangan bo’lishi kerak.

Yuvinish xonasi devori uchun yaxshisi sirlangan, suvni o’zidan qochiradigan plitka tanlash kerak. Bunda uning yuzi nafaqat yarqirashi kerak, u shuningdek ko’zgu vazifasini bajarib, xonaga yorqinlik va kenglik bahsh etishi kerak.

Plitkalarning turlari, ranglari, hajmi va bezagi xona ichki qiyofasiga xilma-xillik beradi, yuvinish xonangizni esa o’ziga xos qiladi. Muhimi — oshirib yubormaslik kerak. Kichkina sathdagi xonada yirik naqshli plitka xuddi devorga yoyish qiyin bo’lgan katta hajmdagi qog’oz kabi chiroyli ko’rinmaydi.

Devordagi yuvinish xonasi uchun mo’ljallangan plitkalarning joylashishiga e`tibor bering. Tajriba shuni ko’rsatadiki, keramik plitkalarning gorizontal joylashuvi maydonni yoniga kattalashtirib ko’rsatadi, vertikal joylashishi esa — bo’yiga.

Sizning qaroringiz xona shakli va kattaligiga, shuningdek, o’zingizning qanaqangi taassurot kutishingizga bo’g’liq.

O’z yuvinish xonangizni “Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ QKning keramik plitkalari yordamida betakror va bekamu-ko’st qiling.

Polga mo’ljallangan plitkalar

Polga mo’ljallangan keramik plitkalar ayniqsa yuqori namlikdagi hamda odam ko’p o’tadigan xonalar uchun ayni muddaodir. Polga mo’ljallangan keramik plitkalarning ko’p turlariga quyidagi ustunliklar xos:

Mustahkamlik. Tayorlash texnologiyasig rioya qilinsa, hamda to’g’ri terilsa, bunday plitkalar metr kvadratga 30 tonna yukka bardosh beradi, ya`ni betonga nisbatan 20 barobar mustahkamdir.

Yeyilishga chidamlilik. Mustahkamligi tufayli bunday plitkalar 50 yil davomida boshlang’ich holatdagi ko’rinishini yo’qotmaydi. Bunday plitkalar tashqi shikastga chidamli, ularni parchalab bo’lmaydi.

Namlikka chidamlilik va gigiena talablariga muvofiqlik. Keramik plitkalar namlik, yog’lilik, yuvish vositalari ta`siridan holi, tashqi hidlarni yuqtirmaydi, bakteriyalarning ko’payishiga to’sqinlik qiladi. Ushbu hislatlari tufayli uni parvarishlash oson.

Yong’inga chidamliligi. U yuqori darajadagi issiqlikda yonmaydi. Issiqqa chidamliligi tufayli issiq pol yotqizishda keng qo’llaniladi.

Ekologiya va allergiya talablariga mosligi. Plitka tuproqdan tayyorlanganligi tufayli o’zidan hech qanday toksin ajratmaydi va allergik reaksiyalar chaqirmaydi.

Plitkalar dizaynining xilma-xilligi. Shakllarining, sifatining, hajmining xilma-xilligi, ranglarning keng majmui har qanday didli ichki qiyofa shakllantirish imkonin beradi.

Qulayligi. Keramik plitka o’zidan elektr to’ki o’tkazmaydi. Unda elektrostatik elektr miqdori to’planmaydi. Shuning uchun unga chang yuqmaydi va u uzoq vaqt tozalik va saranjomlikni saqlay oladi.

Kompaniya yangiliklari

Ulgurji etkazib berish soxasida hamkorlik

“Moderna Ceramic Industries Ferghana” qo’shma korxonasi keramik plitkalarning ulgurji savdosini ...

Keramik plitkalarning noyob sifati

Keramik plitka  oshxona va sanuzel xonalari devor va pollarini pardozlashda ...

“Thinkera” savdo belgisi keramik plitkalarning yangi modelini taqdim qildi

Uyimizda, ofis yoki kvartirada ta`mir ishlarini olib bora turib, har ...

Keramik plitkalar bozori yangi “Moderna Keramika” savdo belgisining paydo bo’lishiga guvoh bo’ldi.

“Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ QK “Moderna Keramika” savdo markasi ...

“Belissimo” savdo markasidagi keramik plitkalar O’zbekiston va chet el bozorida o’z haridorlarini topmoqda

“Belissimo” brendi ostidagi keramik plitkalar kolleksiyasi – bu nafis o’ziga ...