Biz haqimizda

Keramik plitalar Ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodi Farg’onada joylashgan “Moderna Ceramic Industries Ferghana” O’zbek-Xitoy qo’shma korxonasi O’zbekiston keramik soxasining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi.

Maxsulot

MCHJ shaklidagi “Moderna Ceramic Industries Ferghana” qo’shma korxonasi o’z ishlab chiqarish maydonlarida xususiy va ijtimoiy soxa binolarining old qismi, hamda yuvinish va oshxona devorlarning qoplamasi uchun zarur bo’lgan maxsulot  ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan.

Korxona jamoasining maqsadi xaridorlar ixtiyoriga keng turdagi zamonaviy dizayndagi yuqori sifatli keramik plitalar kolleksiyalarini taqdim qilishdan iborat.

2015 yil oktyabrida tashkil topgan  “Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ QKning texnik rivojlanishida hozirgi kunga qadar o’sish kuzatilmoqda.

Bugungi kunda korxona ikki turdagi keramik plitalar ishlab chiqarmoqda: polga mo’ljallangan 30×30 sm kattalikdagi va 20×30 sm hajmdagi devor uchun mo’ljallangan plitalar.

Ishlab chiqarishning qadoqlash va yuklashni o’z ichiga olgan har bir bosqichida nazorat operatsiyalari va o’lchov ishlari ko’zda tutilgan. Bunday amaliyotlar yo avtomatik ravishda, yo zavod laboratoriyasi yoki texnik nazorati tomonidan amalga oshiriladi.

Uskunalar

Ishlab chiqarish ko’p yillar davomida keramik soxasining barcha innovatsiyalari yo’lboshchisi bolib kelgan Italiyaning yetakchi “SACMI” mashinasozlik kompaniyasining zamonaviy uskunalari bilan to’liq jihozlangan.

Hamisha ishlab chiqarishni kengaytirib va modernizatsiya qilib, shunigdek ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirib kelayotgan “Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ QK qo’lga kiritgan yutuqlari bilan chegaralanib qolish istagidan yiroq. Korxonada har yili maxsulotlarning yangi turlari tayorlanib, ularning assortimentlarini kengaytirish va sifatini oshirish ustida ish olib boriladi.

Bizning belgilarimiz

Ilg'or texnologiyalar

XOM ASHYO TOPISH

Kafel plitkalarini tayyorlash uchun“Moderna Ceramic Industries Ferghana”MCHJ QK har biri ishlab chiqarishda o’zining ma`lum roli bilan ishtirok etadigan quyidagi materiallardan foydalanadi:

1.kvarts qumi; 2. Qizilqum; 3.Sariq kaolin; 4. Sir va Fritt.

ISHLAB CHIQARISH

Keramik materiallar va maxsulotlar tuproq qorishmasidan shakl berish va keyinchalik kuydirish yo’li bilan olinadi. Keramik buyumlar o’zlarining fizik-mexanik xususiyatlari (namga va o’tga chidamliligi, suv o’tkazmasligi, yuqori bardoshliligi, hamda ko’pga chidashi ), gigiena qoidalariga muvofiqliligi, yuqori darajadagi bezak – badiiy sifati, tejamkorligi tufayli

LOGISTIKA VA SAVDO

“Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ QK, Farg’onadagi ishlab chiqaruvchi bo’lib, maxsulotlarini butun O’zbekiston bo’ylab realizasiya qiladi va MDH mamlakatlariga eksport qiladi. Savdo tarmoqlarimizni rivojlantiradi va kengaytira borib, biz o’z mijoz va hamkorlarimiz uchun maksimal darajada qulaylik hamda yuqori samarali sharoitlar yaratishga, “Moderna Ceramic Industries Ferghana” maxsulotlari, ulardan foydalanish spetsifikasi bilan yaxshi tanishishiga, yangi g’oya topish hamda munosib orzu xulosasini qilishga yordam berishga harakat qilamiz.